Xesus Navas “Sevilya” taklifini qabul qildi
“Manchester Siti” jamoasida to‘p surgan yarim himoyachi Xesus Navas “Sevilya” klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi, deb ma’lum qilmoqda AS nashri.
Ispaniyalik futbolchi andalusiyaliklarning yiliga 2 million evrolik maosh taklifini qabul qildi. Tomonlar tez orada kelishuvni imzolaydi.
Navas 2003–2013 yillar davomida “Sevilya” sharafini himoya qilgan. 10 yil davomida u andalusiyaliklar safida 376 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 83 ta golli pasga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda tajribali yarim himoyachi erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

Fikrlar