Xet-trik qayd etgan “Qo‘qon-1912” futbolchisi eng yaxshilar qatorida
Oliy ligada 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda ham muxlislar kutilmagan natijalar guvohiga aylanishdi.
Odatga ko‘ra, qo‘qonliklar matbuot xizmati tur o‘yinlari poyoniga etgach, klubning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisini ma’lum qilndi. Shanba kuni Qo‘qonagi “Markaziy” o‘yingohida o‘tkazilgan “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvida Suhrob Berdiev va Zohid Abdullaevlar eng yaxshi o‘yinchi deb tan olinishdi.
Oliy liga, 7-tur
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Metallurg» (Bekobod) – 3:0.
Qo‘qon, 8628 tomoshabin
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent)– 8.7, N. Ro‘zimov (Toshkent) – 8.4, S. Eremeev (Toshkent), – 8.5 A. Rubakov (Toshkent)- 9.
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov
Gollar: S. Berdiev (10, 54, 75).
Ogohlantirishlar: F. Rayevats (45), A. Sidorov (81) – A. No‘’monov (28), I. Qobilov (45), D. Tursunov (45).
Chetlatish: I. Qobilov (45+3, ikkinchi ogohlantirish).
Eng yaxshi o‘yinchilar: S. Berdiev. – Z. Abdullaev.

Fikrlar