"Xiko" Rossiyada jang qiladi. Raqib ma’lum! (Poster)
22 aprel kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida mousheni tomonidan navbatdagi jang kechasi tashkil etiladi.
Ushbu oqshomda o‘zbekistonlik MMA jangchisi “Xiko” nomi bilan mashhur Hikmatillo Abdullaev ham oktagonga ko‘tariladi. U rossiyalik Konstantin Simonovga qarshi jang qiladi. Ushbu qarama-qarshilik yarim engil vazn (65.8 kg) vazn toifasida o‘tkaziladi. Hikmatillo Abdullaev asosan Qozog‘istonning Oktagon promoushenida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan edi. Yurtdoshimiz so‘ngi jangini Toshkentda “Oktagon 43” turnirida o‘tkazib, qirg‘izistonlik Talantbek Uulu Erbolni murosasiz jangda mag‘lub etgandi. Albatta, ushbu muhim jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!
Ma’lumot uchun, Hikmatilloning professional rekordi 9-2-2 bo‘lsa, Simonovning ko‘rsatkichi 7-3 ko‘rinish olgan.


Fikrlar