Xitoy klubi El-Shaaravining transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

  • 5 iyul, 2019, 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubi italiyalik yarim himoyachi Stefan El-Shaaravining transferi borasida “Roma” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 26 yoshli futbolchi uchun “bo‘rilar”ga 14 mln evro taklif qilishmoqda. Biroq, rimliklar ushbu transferni 20 mln evroga baholashmoqda.

Yana bir manbaaga ko‘ra “Shanxay Shenxua” rahbariyati “Vest Xem” forvardi Marko Arnautovichning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Avstriyalik futbolchi uchun xitoyliklar 25 mln evro to‘lashadi.

Biroq, hozircha Arnautovichning transferi El-Shaaravinikiga ta’siri bor yoki yo‘qligi ma’lum emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!