Xitoylik futbolchilarga qanday taqiq qo‘yildi?

  • 30 dekabr, 2021, 22:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy sport vazirligi barcha yoshdagi terma jamoa futbolchilari uchun qoidalarga o‘zgartirish kiritdi.

Tecno

Endilikda mamlakat sharafini himoya qiladigan barcha futbolchilarga tana qismiga tatuirovka chizdirish taqiqlanadi. Istisnolar faqat alohida holatlarda butun jamoaning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

Shu paytga qadar badaniga tatuirovka chizdirishga ulgurgan futbolchilar bo‘lsa, uni zudlik bilan o‘chirib tashlashlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, xitoylik futbolchilar 2018 yildan buyon o‘yin vaqtida tatuirovkalarini uzun englar bilan yopishga majbur bo‘lib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!