
Xitoyning sobiq ustozi A Seriyaning grand klubini boshqarishi kutilmoqda
Italiya terma jamoasining sobiq ustozi Marchello Lippi A Seriya klubida faoliyat boshlashi mumkin.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 72 yoshli mutaxassisga "Napoli" qiziqish bildirmoqda.
"Bunday ishdan otam xursand bo‘ladi. Agar bizga taklif tushsa, biz uni ko‘rib chiqamiz. Ammo hozircha biz "Napoli" bilan aloqada bo‘lmadik”, - dedi Lippining o‘g‘li Davide Lippi.
Eslatib o‘tamiz, Marchello Lippi 2020 yilning oktyabrida murabbiylik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi. U faoliyati davomida "Napoli", "Yuventus", "Inter" klublarida ishlagan. 2006 yilda esa Italiya terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan. Uning so‘nggi ish joyi Xitoy terma jamoasi bo‘lgan edi.
Fikrlar