Xoakin Bakli UFC sobiq chempioniga "vyzov" tashladi

  • 03.01.2026 11:59
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Qozog‘istonlik Shavkat Raxmonov bilan jang o‘tkazish uchun bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinishlarni amalga oshirgan Xoakin Bakli e’tiborini yarim o‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Belal Muhammadga qaratmoqda. U mazkur istagi haqida ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

"Belal, eshitishimcha, bu yilgi maqsadingiz faqat g‘alaba qozonish ekan. Menda ham xuddi shunday maqsad bor. Keling, buni 7 mart kuni Las-Vegas amalga oshiraylik", - dedi Xoakin.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda UFC ning yarim o‘rta vazn reytingida Belal Muhammad beshinchi, Bakli esa o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!