Xokkey. «Humo» - «Ryazan» 5:0 (video)
Xabaringiz bor kecha poytaxtimizdagi “Humo” arenada VXLning (Oliy xokkey ligasi) yangi mavsumidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentning “Humo” jamoasi Rossiyaning “Ryazan” jamoasini qabul qildi.
E’tiborlisi, xokkeychilarimiz ushbu chempionat debyutanti bo‘lganliklariga qaramay raqiblarini ayab o‘tirishmadi va yirik 5:0 hisobida zafar quchishda.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar