
Xoland, bunaqa gol ura olishingni bilmas ekanman!
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Jek Grilish jamoadaoshi Erling Xolandning mahoratiga tan berdi.
- Bu mavsum tarkibimizda dunyoning eng zo‘r hujumchisi o‘ynayapti. U har doim raqib jarima maydonchasi ichida bo‘lishga va gol urishga intiladi. Bu hujumchining ajoyib hislati hisoblanadi.
Biz to‘pni jarima maydonchasigacha etgacha olsak bo‘ldi. Men Xoland bilan gaplashganimda unga: “Jarima maydonchasidan tashqaridan gol ura olishingni bilmas ekanman!”, degan edim, - deydi Jek Grilish.
“Manchester Siti”da Xolandlar o‘z tarixiga ega. Erlingni otasi Alf-Inge ham o‘z davrida “shaharliklar” sharafini himoya qilgan. Endi 21 yoshli futbolchi otasining ishini davom ettirmoqda.
Fikrlar