Xoland “Borussiya” bilan shartnoma bekor qilmoqchi. U superklubga o‘tadi!

  • 15.01.2021 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya”ning asosiy hujumchisi Erling Xoland mavsum yakunlanishi bilan amaldagi shartnomani bekor qilmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyalik hujumchining agenti Mino Rayola mijozini “Barselona”ga joylash uchun shu yo‘lni tavsiya qilmoqda.

Avvalroq, Xolandga “Chelsi” ham jiddiy taklif bildirgan edi. Londonliklar yozda uning transferini sotib olib, Mino Rayolaga katta summada gonorar to‘lashni taklif etgan.

Xoland Bundesliganing joriy mavsumida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urishga erishdi. Hujumchi dortmundliklar bilan 2024 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga imzo chekkan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!