"Xoland boshqa jamoa haqida o‘ylamayapti"

  • 20.11.2020 12:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o‘g‘lining top klublarga o‘tishi to‘g‘risida gapirdi.

"Siz yaxshi o‘yin ko‘rsatishni boshlasangiz, tabiiyki, katta klublar eshigingizni taqillata boshlaydi. Ayni paytda biz bunga loyiqmiz. Biroq hozir na Erling, na men boshqa jamoa haqida o‘ylayapmiz. Bizning "Borussiya" bilan uzoq muddatli shartnomamiz bor. Bu farzandim uchun juda mos klub.

Biz uning ehtimoliy transferini muhokama qilmayapmiz. O‘ylaymanki, Erling "Borussiya" bilan bir qancha sovrinlar yutib oladi. U Germaniyada ko‘p narsa o‘rganmoqda. Boshqa chempionatga ko‘chib o‘tish biz uchun ustuvor vazifa emas",-deya "Sport1.de" nashri sobiq futbolchi so‘zlarini keltirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!