Xoland bo‘yicha yakuniy qaror!

  • 10.07.2021 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” sport direktori Mixael Tsork jamoa to‘purari Erling Xoland transferi bo‘yicha tarqatilayotgan xabarlarga nuqta qo‘ydi.

- Hammasi avvalgiday qoladi va hech narsa o‘zgargani yo‘q. Xoland bizning futbolchi va biz unga ishonamiz. Erling kelasi mavsumni Dortmundda boshlaydi. Yaqin kelajakda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, - dedi Mixael Tsork.

Keyingi paytda norvegiyalik hujumchining “Chelsi”ga o‘tishi ko‘p muhokama qilinmoqda. Londonliklar rahbari Roman Abramovich bu o‘yinchi uchun pulni ayamasligi aytilmoqda. Xolandning o‘zi ham Evropa Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng, “aristokratlar” safiga o‘tish istagini bildirgan.

Xoland yakunlangan mavsumda 40 ta uchrashuvda qatnashib, 40 ta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!