
Xoland dunyoning 3 ta eng kuchli markaziy himoyachisini aytdi
"Borussiya" Dortmundning norvegiyalik forvardi Erling Xoland kimlarni dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilari deb hisoblashini aytdi.
“Mening fikrimcha, dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilari - Serxio Ramos, Virjil van Deyk va Kalidu Kulibali. Ular jismonan juda kuchli va shu bilan birga yuqori o‘yin intellektiga ega”, - dedi Xoland.
20 yoshli Xoland joriy mavsum “Borussiya” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar