
Xoland ham xayrlashdi!
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga o‘tib ketgan Riyod Mahrez bilan xayrlashdi.
- Zo‘r o‘yinchi va ajoyib inson. Endi sen bizga etishmaysan, do‘stim. Sen bilan birga o‘ynaganimdan faxrlanaman, Riyad Mahrez, - deb yozdi Erling Xoland ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
32 yoshli Mahrez “Manchester Siti”da 2018 yildan beri to‘p tepib kelayotgan edi. Jazoirlik hujumkor futbolchi “shaharliklar” safida eami 236 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 78 ta gol va 59 ta assist rasmiylashtirgan.
Riyad Mahrez Xosep Gvardiola qo‘l ostida jami 12 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar