
Xoland kelajakda Anglida o‘ynolmaydi va “Siti” uni 200 millionga sotadi!
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland debyut mavsumida Angliya premer-ligasini yondirmoqda.
“Real” bu futbolchini 2024 yilning yozi uchun asosiy nishon sifatida belgiladi. Mutaxassislar norvegiyalik to‘purar transferini hozirdan muhokama qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining shartnomasida 2024 yili uni 200 million evroga sotish imkoniyati borligi belgilangan.
Lekin bu band Angliya premer-ligasi klublariga tadbiq qilinmaydi. Xoland boshqa jamoaga o‘tishni ixtiyor etsa, Angliyani tark etishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar