Xoland: "Men eng yaxshi paytimda bo‘lsam ham Ronaldu mendan ko‘proq gol urmoqda"

  • 3 mart, 15:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland o‘zining kumiri hisoblangan Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirib o‘tib, portugaliyalik yulduzni maqtadi. 
 
"Ko‘ryapsizmi, men hozir faoliyatimning eng yaxshi damlarini o‘tkazmoqdaman. Biroq, Ronaldu 40 yoshda ham mendan ko‘proq gol urdi. Bu normal holat emas, u shak-shubhasiz tarixdagi eng yaxshi futbolchi" – deya ta’rif berib o‘tdi, norvegiyalik forvard. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli hujumchi joriy mavsum “shaharliklar” safida 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 28 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U manchesterliklar safiga ko‘chib kelishidan avval “Borussiya Dortmund” va “Zaltsburg” klublarida ham harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!