
Xoland Nike bilan shartnoma imzoladi
Norvegiya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi yulduzi Erling Xoland Nike bilan homiylik shartnomasini imzoladi, deya xabar bermoqda "Daily Mail". Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan.
Qayd etilishicha, 22 yoshli futbolchiga Adidas va Puma kompaniyalari ham qiziqish bildirgan, biroq uning tanlovi amerikalik brend foydasiga hal qilingan.
Skandinaviyalik to‘purar o‘tgan yozdan beri "shaharliklar" safida harakat qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Xoland 28 ta gol bilan ayni damda premer-liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar