Xoland o‘rnini “Real” futbolchisi egallaydi
Kelasi yoz Erling Xolandning bozori qaynaydi. Evropa grandlari anchadan beri norvegiyalik hujumchini qo‘lga kiritishga urinmoqda.
“Borussiya” bu gal asosiy to‘purarini ushlab qola olmasligi mumkin. Shu bois dortmundliklar Xoland o‘rniga “Real”dan futbolchi olmoqchi.
Manbalarning xabar berishicha, Erling Xoland klubni tark etadigan bo‘lsa, dortmundliklar “Qirollik klubi”ga kerak bo‘lmay qolgan Marko Asensioni taklif qiladi.
Karlo Anchelotti kelganidan keyin kam o‘ynayotgan ispan futbolchisi ham Madriddan ketishga qarshi emas. “Real” hujumkor o‘yinchisini 50 million evroga qo‘yib yuborishi aytilmoqda.
Fikrlar