Xoland o‘ziga o‘rinbosar bo‘lgan yangi futbolchiga bosim qildi

  • 01.08.2021 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” to‘purari Erling Xoland o‘ziga o‘rinbosar sifatida olib kelingan Doniell Malen bilan gaplashib olganini aytdi.

- Biz o‘zaro suhbatlashib oldik. Malenga menga ko‘proq to‘p oshirishi kerakligini, yo‘qsa g‘azablanishimni tushuntirib qo‘ydim. “Borussiya” hujumida tandem bo‘lib o‘ynaymiz. Doniell jamoamizni kuchaytirgani kelgan, - dedi Xoland.

Ma’lumki, dortmundliklar Erling Xolandni uzoq vaqt ushlab tura olmaydi. Shu bois, kelajakda uning o‘rnini bosish uchun PSVdan 30 million evro evaziga Doniell Malen taklif etildi. Bu hujumchi dortmundliklar bilan besh yillik shartnomaga imzo chekkan.

Doniell PSVda jami 116 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 55 ta gol urgan va 24 marta jamoadoshlarini golli pas bilan ta’minlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!