Xoland qaerda o‘ynash bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 27 oktabr, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va “Barselona” intiqlik bilan kutayotgan Erling Xoland kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, norvegiyalik to‘purar faoliyatini hozirgi jamoasi “Manchester Siti”da davom ettirishni ma’qul ko‘rgan.

Ayni paytda 24 yoshli hujumchi “shaharliklar” bilan 2027 yilgacha tuzilgan shartnomani yangilash va uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda. Futbolchi o‘zining kelajagi “Siti” bilan bog‘liq ekanini tushunib etgan.

Erling Xoland Manchesterga 2022 yilning yozida “Borussiya Dortmund”dan olib kelingan edi. Shundan beri to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelayotgan futbolchining transfer summasi bugungi kunda 200 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!