Xoland taklifni qabul qilmadi
“Borussiya” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purari Erling Xolandni olib qolish maqsadida unga yangi shartnoma taklif qilgan edi.
Dortmundliklar agar hujumchi yangi bitimni imzolasa, uning yillik maoshini 8 million evrodan 15 million evroga ko‘tarishni rejalashtirayotgan edi.
Manbalarning xabar berishicha, Xoland klub taklifini qabul qilmagan. Norvegiyalik to‘purar o‘z kuchini qudratli klublarda sinab ko‘rmoqchi.
Xolandning agenti Mino Rayola bu hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar yiliga 50 million evrodan maosh to‘lashga tayyor turishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Tabiiyki, dortmundliklar hech bir futbolchiga bunaqa katta maosh berolmaydi. Shu bois, Erling Xoland hozirgi klubidan bo‘layotgan har qanday taklifga rad javobini beradi.

Fikrlar