Xolandga 2 oy muhlat berildi

  • 29.12.2021 15:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund klubining norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland kelajagi borasida hamon bir qarorga kelmagan. 

Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, Dortmund klubi 21 yoshli futbolchining fevral oyi so‘nggiga qadar bir qarorga kelishini istamoqda. 

Avvalroq, "Manchester Siti", "Barselona" va "Real" kabi nomdor klublar to‘purar hujumchiga da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar chiqqandi. 

Ushbu mavsum Xoland umumiy 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!