Xolandga yangi jamoa da’vogar

  • 11.05.2021 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” asosiy to‘purari Robert Levandovskining ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Myunxenliklar keyingi paytda klub tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biriga aylanib qolgan polshalik to‘purarni 60 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan. Levandovskining o‘zi ham omadini boshqa chempionatlarda sinab ko‘rishni istamoqda. Unga asosan Angliya klublari ish taklif qilyapti.

“Bavariya” yoshi o‘tib qolayotgan Levandovski o‘rniga “Borussiya” yulduzi Erling Xolandni olib kelmoqchi. O‘tgan yilning boshida Avstriya chempionatidan Dortmundga ko‘chib o‘tgan 20 yoshli futbolchi Bundesligaga juda tez moslashib ketdi va tinimsiz gol urmoqda “Bavariya”ga aynan mana shunday o‘yinchi kerak.

Qolaversa,  “Bavariya”ni kelasi mavsumga tayyorlaydigan Yulian Nagelsmann ham qo‘l ostida Erling Xoland bo‘lishi istayapti va yangi klubi xo‘jayinlaridan bu transferni amalga oshirishni iltimos qilgan.

Dortmundliklar Xolandni 150 million funtga baholamoqda. Norvegiyalik yulduzga “Bavariya”dan tashqari “Real”, “Barselona”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” kabi kuchli klublar ham xaridor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!