Xolandning agenti hujumchi uchun boshqa superklub tanladi

  • 16 dekabr, 2024, 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning agenti Rafaela Pimenta o‘z mijozini boshqa superklubda ko‘rishni istayapti.

Xolandning amaldagi shartnomasi norvegiyalik hujumchini 2025 yilning yozida boshqa klubga transfer qilish huquqini beruvchi band bor.

Defensacentral nashrining ma’lum qilishicha, “Real” anchadan beri 24 yoshli to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Rafaele Pimenta esa, madridliklarning qiziqishidan foydalangan hlda mijozini “Qirollik klubi”ga joylashtirishga urinib ko‘radi.

Xolandning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Klub o‘z etakchisi bilan yangi bitim tuzishga intilmoqda. Biroq tomonlar hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Erling Xoland dunyoning eng qimmatbaho futbolchilaridan hisoblanadi va u 200 million evroga baholanmoqda. O‘yinchining o‘zi yangi shartnomasida ham transfer uchun badal summasi 100 million evrodan oshmasligini talab qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!