Xolandning ahvoli ma’lum qilindi

  • 03.04.2023 15:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Erling Xolandning ahvoli haqida gapirdi.

22 yoshli hujumchi shanba kuni APL doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ( 4:1) jamoasiga yordam bera olmadi.

"Erling hozir yaxshi. Umid qilamanki, u bu haftada "Sautgempton" va "Bavariya"ga qarshi o‘yinlarga tayyor bo‘aldi va u bizga har doimgidek yordam beradi", - deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi "shaharliklar" matbuot xizmati.

Gvardiola shogirdlari APL doirasida 8 aprel kuni mehmonda "Sautgempton"ga qarshi bahs olib boradi. "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 finalining uy uchrashuvi 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!