Xolandning narxi rekord darajaga etdi

  • 02.12.2020 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

CIES futbol observatoriyasi futbolchilarning oktyabr-noyabr oylaridagi transfer summalaridagi o‘sishini tadqiq etdi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandning transfer summasida katta o‘sish bo‘lgani aniqlandi. Norvegiyalik hujumchining narxi 35,3 million evroga oshib, bugungi kunda 155,6 million evroga etdi. Dortmundliklar yanvar oyida bu futbolchini 20 million evroga xarid qilgandi.  

Shuningdek, dortmundliklarning yana bir futbolchisi Jovanni Reyna ham qimmatlasha boshladi. 18 yoshli amerikalik futbolchining transfer summasiga 34,4 million qo‘shildi va bugungi kunda uning narxi 46,1 million evroni tashkil qilyapti.

Uchinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” g‘alabalari asoschisi Brunu Fernandesh qayd etildi. Uning narxi 19, 9 million evroga oshdi. Fernandeshning umumiy transfer summasi 140, 2 million evroga tenglashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!