Xolandning o‘rnini 18 yoshli hujumchi egallaydi

  • 5 iyun, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati Erling Xoland klubni tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchilarning ro‘yxatini shakllantiryapti.

Norvegiyalik futbolchi 2024 yilning yozida “Real”ga o‘tib ketishi mumkin. Shuning uchun “shaharliklar” o‘rinbosar masalasini hozirdan hal qilishni rejalashtirgan.

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, manchesterlik skautlar “Brayton” forvardi Evan Fergyusonni olishni tavsiya qilyapti.

18 yoshli hujumchi Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumida o‘z salohiyatini ko‘rsata oldi. Unga “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” ham ko‘z tikmoqda.

Irlandiyalik futbolchining “Brayton” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Fergyusonning transfer summasi 10 million evroni tashkil qilishi grand klublar foydasiga ishlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!