Xolandning transferi “Barselona”ni barbod qiladi

  • 10 mart, 2022, 19:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hamon moliyaviy inqirozdan chiqqani yo‘q. Kataloniyaliklar aynan mana shu omil tufayli klub tarixidagi eng zo‘r futbolchi Lionel Messini ham qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi.

Tecno

Xavi boshqarayotgan jamoada ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj bor. Ular “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni ko‘zlayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyalik yulduz ham Ispaniya chempionatiga, aniqrog‘i “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, bu transfer kataloniyaliklarga eng kamida 250 million evroga tushadi. Bu summa ichiga transfer, agentlarga beriladigan komissiya va o‘yinchining maoshi kiradi. Hozirgi sharoitda “Barselona” bu xarajatlarni ko‘tara olmasligi aytilmoqda.

Xolandga “Real”, “Manchester Siti” va “Chelsi” kabi qudratli klublar ham xaridor. Moliyaviy masalalarda Angliya klublarining imkoniyati yuqori baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!