Xoldorovda bronza, Muzaffarov esa finalga yo‘l oldi!

  • 23.07.2026 21:12
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yerevan shahrida davom etayotgan, “Erevan Mayor Cup” xalqaro turniri -55 kg vazn toifasi yarim final jangida Shahzod Muzaffarov mezbonlar vakili Suren Rubinyanga qarshi ringga ko‘tarildi. Butun jang mobaynida katta ustunlikka erishgan Muzaffarov 5:0 hisobida g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi. 

-70 kg vazn toifasi yarim finalida Iqboljon Xoldorov armanistonlik Xurutyun Xakobkoxyanga qarshi bahs yuritdi. Qiziqarli kechgan bahsda biroz mezbonlik faktori rol o‘ynadi va yakunda 2:3 hisobida vakilimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa Xoldorov turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!