"Xorazm" "Dinamo"ni qaysi stadionda qabul qilishi ma’lum

  • 04.06.2025 22:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Xorazm" Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Dinamo" bilan uchrashuvni Jizzax shahrida o‘tkazadi. Bu haqida O‘zPFL matbuot xizmati xabar beryapti. Bellashuv 15 iyun kuni 20:00 da start oladi. 

"Xorazm" Superligaga qaytgan joriy mavsumidagi 6 ta uy uchrashuvini boshqa shaharlarda o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.

Jumladan, klub ikki uy uchrashuvida raqiblarini Toshkentdagi "Do‘stlik" stadionida va yana shunchasini Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" stadionida qabul qildi. OKMK hamda "Bunyodkor" klublariga qarshi uy o‘yinlari esa raqibi maydonida bo‘lib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!