"Xorazm" naqd 11 nafar futbolchini oldi. Ular kimlar?

  • 22 fevral, 2024, 22:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liga vakillari ham yangi boshlanajak mavsum uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rishmoqda. 12 mart sanasidan u erda ham chempionat start oladi. Yangi mavsumda pro ligada 8 ta klub Superliga yo‘llanmasi uchun kurashadi. Ularning orasida doimgidek Urganchning “Xorazm” jamoasi ham bor.

Urganchliklar doimo pro ligada etakchilarga jiddiy muammo tug‘dirib keladigan jamoa sifatida muxlislarning yodida saqlanib qolgan. Xo‘sh, bu yil “Xorazm”da qanday o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda? Bosh murabbiy Ruslan Ahmedov va klub rahbariyati selektsiyada faollik ko‘rsatishayotganini alohida e’tirof etish kerak. Jumladan, hozirga qadar 11 nafar transferni amalga oshirishdi. Bu bitta to‘liq tarkib degani.

“Mash’al” klubidan darvozabon Mashhur Muhammadjonov “Xorazm”ga taklif qilindi. 1999 yilda tug‘ilgan posbon kuni kechan urganchliklar bilan shartnoma imzoladi. U 13-raqamni tanladi.

muhammadjonov

“Qo‘qon-1912”da to‘p surgan himoyachi Avazxon Mamatxo‘jaev ham “Xorazm”ga o‘tdi. 1995 yilda tavallud topgan futbolchi yangi klubida 2-raqam ostida o‘ynaydi.

Navbatdagi transfer “Sho‘rtan” klubidan amalga oshirildi. 1996 yilda tavvallud topgan Hojiakbar Yunusov himoyachi sifatida endi “Xorazm” tarkibida o‘ynaydi. U 5-raqamni oldi.

yunusov

“So‘g‘diyona”dagi o‘yinlari orqali muxlislarga biroz bo‘lsa-da, tanilgan Abdujalil Manazarov “Xorazm”ga ko‘chib o‘tdi. U Jizzaxdan keyin Qo‘qonda o‘ynadi va oxirgi jamoasi “Metallurg” edi. 26 yoshli yarim himoyachi “Xorazm”da 21-raqam ostida to‘p suradi.

“Buxoro”dan iqtidorli himoyachi Farruh Ibrohimov ham taklif etildi. 1996 yilda tug‘ilgan futbolchi endilikda “Xorazm” uchun o‘ynaydi. Uning raqami – 80.

ibrohimov

Navbatdagi transfer “Navbahor-Farm” jamoasidan bo‘ldi. 2001 yilda tavallud topgan Sherzod G‘ulomjonov yana sobiq klubiga qaytdi. Chunki u oldin ham “Xorazm” sharafini himoya qilgan. Yarim himoyachi urganchliklar safida 6-raqamni oldi.

Hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Andijon”ni tark etgan Bobur Farhodov taklif qilindi. 28 yoshli futbolchi “Xorazm” bilan shartnoma tuzdi va 77-raqamni tanladi.

farhodov

Yana bir transfer Oybek Nurmatov bo‘ldi. 1998 yilda tavallud topgan futbolchining oxirgi jamoasi “Qizilqum” edi. U urganchliklar tarkibida 9-raqamda o‘ynaydi.

Qirg‘izistonning “Neftchi” jamoasida to‘p surgan hamyurtimiz Sardor Telyakov yana o‘zimizning chempionatga qaytdi. “Xorazm” klubi unga taklif bilan chiqdi va tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdilar. 30 yoshli yarim himoyachi  “Xorazm”da 10-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi.

Hujum chizig‘iga yana bir o‘yinchi – Mo‘min Meliev ham taklif qilindi. 1997 yilda tug‘ilgan futbolchining oxirgi klubi “Qo‘qon-1912” edi. U “Xorazm”da 11-raqamni oldi.

meliev

“Xorazm”ning yana bir yangi o‘yinchisi – Bobur Qosimov. 1993 yilda tug‘ilgan futbolchi o‘tgan yili “Mash’al” sharafini himoya qildi.

Agar tarkibda yana yangi transferlar ro‘y berib qolsa, bundan ajablanmaymiz. “Xorazm” esa shu tariqa tarkibini kuchaytirishda davom etyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
23/02/2024 10:17
Бизни футболда бир йиллик шартнома орқали бизнес ривожланмоқда, нега футболчилар билан 3-5 йиллик шаотнома имзолашмайди, бир йил ўйинчи жамоага мослашишга кетади.
Rasul M
23/02/2024 00:10
Faqat u yoqdan bu yokka bu yoqdan u yokka yana jamoalari maglub bolsa futbolga korrupsiya aralashgan deyishadi tajribasizlik aralashgan futbolga