
Xorvatiya garchi g‘alaba qozona olmagan bo‘lsada, JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda dunyoning barcha qit’alarida kelgusi yil Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan mundialga yo‘llanma beruvchi pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Hususan, kecha Evropa qit’asining pley-off bosqichida ishtirok etayotgan ikki terma jamoasi o‘zaro mundial taqdiriga oydinlik kiritib olishdi. O‘z maydonida Xorvatiyani qabul qilgan Gretsiya shu kuni raqibi darvozasiga gol ura olmadi va safarda uchralgan yirik mag‘lubiyat evaziga jahon chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘ldan boy berdi.
Gretsiya – Xorvatiya 0:0 (0:0, 0:0)
12 noyabr «Georgios Karaiskakis»
Gretsiya – Karnezis, Papastatopulos, Retsos, Torosidis, Manolas, Zeka, Taxtsidis, Tsiolis, Xristodulopulos (Fortunis, 59), Bakasetas (Yanniotas, 59), Mitroglu (Pelkas, 78).
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich, Vrsalko, Vida, Rakitich, Modrich (Mitrovich, 90), Brozovich, Perishich (Rebich, 86), Mandjukich, Kalinich (Kramarich, 78).
Ogohlantirishlar: Taxtsidis (24).
Dastlabki o‘yin – 1:4
Fikrlar