Xorxe Masvidal 15 yilga qamalishi mumkin
UFCning yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasi jangchisi Xorxe Masvidal Mayami politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Qayd etilishicha, jabrlanuvchi tomon hisoblangan Kolbi Kovington arz bilan chiqqan.
Natijada politsiya Xorxeni og‘ir vaziyatda mushtlashish va bezorilik bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.
Agar, Masvidal bu holatlar borasida aybdor deb topiladigan bo‘lsa, uni og‘ir jazo kutmoqda. Unga mushtlashish va tan jarohati etkazgani uchun 15 yilgacha qamoq jazosi va 10 ming AQSh dollari miqdorida jarima qo‘llanilishi mumkin.
Avvalroq ikki yakkakurashchi Mayamidagi restoranlarning birida mushtlashib ketgani xabar qilingandi.

Fikrlar