Xorxe Masvidal yana UFC promoushenida jang qilishi mumkin

  • 26.08.2026 00:16
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli MMA ustasi Xorxe Masvidal UFC rahbariyati bilan oktagonga qaytish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Unga ehtimoliy raqib sifatida britaniyalik Leon Edvards tilga olinmoqda. 

"Hozir UFC bilan shu yil oxiri yoki kelasi yil boshida jang qilish masalasini muhokama qilyapmiz. Shartnoma bo‘yicha taklif etilayotgan raqamlar tobora yaxshilanyapti, shuning uchun yaqin vaqtlarda katta yangiliklar bo‘lishi mumkin. Agar menga to‘g‘ri raqib va munosib haq taklif qilishsa, meni yana “T-Mobile Arena” oktagonida ko‘rasiz. Leon Edvardsmi? Albatta, u men bellashishni istaydigan raqiblardan biri. U bilan chala qolgan ishimizni yakunlab qo‘yishni xohlayman", — deya Xorxe so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".

Eslatib o‘tamiz, Masvidal "UFC 287" turnirida Gilbert Bёrnsdan ochkolar evaziga muğlub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!