
Xorxe Sampaoli yana Evropaga qaytmoqda
"Sevilya" klubi va Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
AS nashrining xabar berishicha, 60 yoshli argentinalik mutaxassisni "Marsel"ga chorlashmoqda. Ammo hozirda tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolanishi uchun bitta masala qolgan. Gap shundaki, Sampaoli ayni damda "Atletiko Mineyro" klubini boshqarmoqda va Braziliya chempionatining yakunlanishiga yana 4 ta tur bor. "Marsel"ning sport departamenti unga biroz vaqt berishga rozi, ammo rahbariyat uni tezroq jamoada ko‘rishni xohlayapti.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Andre Villash-Boash o‘z ixtiyoriga ko‘ra "Marsel"dan iste’foga chiqqan edi. Jamoa ayni damda Frantsiya chempionatida 32 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar