
Xoselu: "Karvaxal "Oltin to‘p"ga hammadan ko‘ra, ko‘proq loyiq"
Ispaniya terma jamoasi va Qatarning "Al Garafa" klubi hujumchisi Xoselu Dani Karvaxalni "Oltin to‘p"ga loyiq futbolchi sifatida ko‘radi.
"Real" himoyachisi klub bilan bu yil La Liga, Ispaniya Superkubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo‘ldi.
"Men har doim ta’kidlaganimdek, u "Oltin to‘p"ga hammadan ko‘ra ko‘proq loyiq. Dani klub va terma jamoada bir qancha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi finalida g‘alaba golini kiritgani titulga yanada yaqinlashtiradi", - dedi Xoselu.
Fikrlar