
Xotiniga xiyonati ortidan klubdan haydalgan mashhur futbolchi o‘ziga yangi jamoa topdi
PSJ rahbariyati yaqinda jamoaning ispaniyalik hujumkor futbolchisi Xese bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilgandi. Bunga futbolchining xotiniga xiyonat qilgani ortidan kelib chiqqan mojaro sabab bo‘lgan.
O‘z davrida “Real”da o‘ynab ko‘zga ko‘ringan futbolchining shaxsiy hayotdagi muammolari ko‘payib ketganiga qaramay, unga Ispaniya klublaridan va Argentinadan manfaatli takliflar bo‘lmoqda.
Ayni paytda Xeseni “Valensiya” , “Eybar” va “Granada” o‘z tarkibida ko‘rishni istayapti. Shuningdek, ispaniyalik futbolchi oldida Argentinaning mashhur klubi “Boka Xuniors”ni tanlash imkoni ham bor.
Fikrlar