Xoylundning "Napoli"ga doimiy transferi moliyaviy muammolar tufayli barbod bo‘lishi mumkin
Kuz boshida "Napoli" "Manchester Yunayted"dan hujumchi Rasmus Xoylundni ijaraga olgan edi. Shundan beri daniyalik futbolchi 19 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
"United Update" nashri "La Gazzetta dello Sport"ga tayanib xabar berishicha, Xoylundning "Napoli"ga doimiy transferi moliyaviy muammolar tufayli amalga oshmasligi mumkin.
Fevralda Rasmus Xoylund o‘zining 23 yillik tug‘ilgan kunini nishonlaydi. Hozirda "Napoli" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda turibdi. Antonio Konte jamoasi birinchi o‘rindagi "Inter"dan faqat ikki ochko orqada qolgan.
Fikrlar