Xuan Mata uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Xuan Mata mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha ispaniyalik futbolchi mashg‘ulotlarning birida oyog‘ida og‘riq his qilgan va u payshanba kuni jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkizgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra Mata katta extimol bilan bu mavsumda boshqa jamoasina yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, Mata o‘zining “qizil iblislar” safidagi faoliyatini shu paytgacha biron marta ham jarohat tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yubormagan.
Eslatib o‘tamiz, yaqin orada “MYu”ga shuningdek Fil Jons, Kris Smolling va Pol Pogba kabi futbolchilar ham yordam bera olishmaydi.
Fikrlar