
Xulen Lopetegi: Futbol - jamoaviy o‘yin, lekin...
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi FIFAning The Best sovriniga qaysi futbolchi munosibligini aytdi.
“Men shaxsiy mukofotlarga ishonmayman. Chunki, futbol bu – jamoaviy o‘yin. Lekin, aytishim mumkinki Modrich ajoyib mavsum o‘tkazdi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan ushbu mukofot uchun Modrichdan tashqari shuningdek Krishtianu Ronaldu va Muhammad Saloh nomzodlari ham bor.
Fikrlar