Xulian Al’vares qaysi klubga o‘tishi haqida qaror qildi
«Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Al’vares «Arsenal» jamoasiga ehtimoliy transferi borasida oʻz pozitsiyasini bildirgani haqida Sports.kz xabar berdi.
Diario AS nashrining yozishicha, argentinalik futbolchi londonliklarga aniq javob qaytargan:
- Xulian Al’vares «Arsenal» rahbariyatiga u bu jamoaga oʻtmasligini maʼlum qildi. Uning yagona orzusi — «Barselona» safida toʻp surish. Biroq «Atletiko» uni «Barselona»ga sotish niyatida emas. Shu bois Al’vares atrofidagi vaziyat deyarli yechimsiz holatga kelib qoldi», — deya yozadi manba.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Xulian Al’vares «Atletiko» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi. Transfermarkt.de portali 26 yoshli argentinalik hujumchining transfer qiymatini 120 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar