
Xummels faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda!
Germaniya terma jamoasi va "Borussiya D"ning sobiq himoyachisi Mats Xummels yozda faoliyatini yakunlashi mumkin. 35 yoshli himoyachi "sariqlar" safini tark etganidan so‘ng erkin agent hisoblanadi. Avvalroq unga "Brayton" va "Vest Xem" klublari qiziqayotgani malum bo‘lgandi.
"Nemis futbolchisi shu yozda faoliyatini yakunlashga qaror qilishi mumkin. Xummels bu haqda o‘ylab ko‘rgan, lekin hali yakuniy qarorga kelmagan", - deb yozadi "Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenberg.
Ma’lumot uchun, Mats o‘tgan mavsum Bundesligada 25ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan.
Fikrlar