Xurshidbek Normatov navbatdagi jangini AQSh vakiliga qarshi o‘tkazishi mumkin

  • 14 iyun, 2020, 12:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional bokschimiz Xurshidbek Normatov (10-0-0,3 KO)ning navbatdagi ehtimoliy raqibi aniq bo‘ldi. Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan charmqo‘lqop ustasining saytimizga ma’lum qilishicha, raqib tomon rozi bo‘ladigan bo‘lsa, u faoliyatidagi 11 jangini Amerika Qo‘shma Shtatlari vakili Jerald Sherrelga ( 10-2-0, 5 KO) qarshi o‘tkazishi mumkin. Hozircha, muzokaralar davom etmoqda. Jang qachon va qaerda bo‘lishi ham hozircha noma’lum. Tez orada bu to‘qnashuvga aniqlik kiritiladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring. 
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz "DiBella Entertainment" promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!