
Xushxabar! Mirazizbek Mirzaxalilov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
-57 kg vazn toifasidagi bokschimiz, amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov ham Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning chorak finalida ringga ko‘tarildi. U gongkonglik Sing Yu Tsoga qarshi jang qildi. Ushbu vazn toifasiga 6 ta yo‘llanma berilgan bo‘lib, jang g‘olibi uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya naqd bo‘lardi. Mag‘lubiyatga uchragan bokschi qoidaga ko‘ra yana bitta jang o‘tkazib, yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lardi.
Har uch raundda ajoyib harakat qilgan yurtdoshimiz raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritish barobarida yarim finalga ham yo‘l oldi.
Fikrlar