Xushxabar! Voleybolchilarimiz ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 28 iyul, 2023, 22:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO
Toshkent mezbonlik qilayotgan voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarim final boschiqi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalda Pokistonni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 
 
Qiziqarli bahs hamyurtlarimizning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Qayd etish joiz, ushbu g‘alaba final bilan bir qatorda voleybolchilarimizga kelasi yil bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham taqdim etdi. Shu paytgacha hech bir yosh toifasidagi jamoamiz qit’a birinchiligi finali va mundialga yo‘l olmagan edi. 
 
Endi jamoamiz 29 iyul kuni Eronga qarshi chempionlik uchun maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!