Xushxabarmi yoki noxush, o‘zingiz hal qiling! Rasman! Fayzullaev "Moskva derbisi"da o‘tkazib yuboradi

  • 20.04.2024 22:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni paytda Rossiya Premer ligasining 24-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Axmat" bahsi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvning 7-daqiqsida legionerimiz Abbosbek Fayzullaev raqibning qarshi hujumini to‘xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi. Bu hamyurtimiz uchun chempionatdagi 4-ogohlantirish bo‘ldi. 

Biz uchun ahamiyatli tomoni Fayzullaev keyingi turda bo‘lib o‘tadigan "Spartak"ka qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Fedotov aynan "Moskva derbisi"dan so‘ng uni terma jamoamiz ixtiyoriga qo‘yib yubormoqchi edi. 

Eslatib o‘tamiz, TsSKA - "Spartak" uchrashuvi 25 aprel kuni soat 22:30da start oladi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Utabayev Baxtiyor
20/04/2024 22:47
Ertaroq yuborish kerak edi