Xyoness “Bavariya” chempion bo‘lishiga ishonmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi prezidenti Uli Xyoness jamoasining ketma-ket 5-marta Bundesligada g‘olib chiqishiga shubha qilmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra “Bavariya” qolgan jamoalardan ancha ilgarilab ketgan va boshqalar ularni quvib o‘tishi juda qiyin.

“Men allaqachon tabriklarni qabul qila boshladim. “Bavariya” eng yaqin ta’qibchisidan 13 ochko ilgarilab ketsa va 2-o‘rinda “RB Leyptsig” kabi jamoa borayotgan bo‘lsa, uning chempion bo‘lmasligi uchun kamida 5ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashi kerak bo‘ladi. Qolganlar esa huddi shuncha o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozonishi talab etiladi. Men bu narsa bo‘lishiga ishonmayman”, - deydi Xyonessa Bild nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” joriy mavsum Bundesliganing ortda qolgan 25 tur yakunlariga ko‘ra 62 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar raqiblari darvozasini 61 marta ishg‘ol etgan va o‘z darvozasidan 13ta to‘p olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!