Yamal endi muxlislarga bepul dastxat qo‘ymaydi
"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal endi muxlislarga bepul avtograf berolmaydi.
"Mundo Deportivo" nashri xabar berishicha, 18 yoshli vinger yaqin vaqt ichida yangi reklama shartnomasiga qo‘l qo‘yadi. Unga ko‘ra, kompaniya Yamalning imzosi tushirilgan buyumlarni (butsalar, futbolkalar va boshqalar) sotish bilan shug‘ullanadi.
Shartnoma doirasida Laminga bepul avtograf tarqatmaslik talabi qo‘yilgan — bu bozorda uning imzosi tushirilgan mahsulotlarning qiymatini pasaytirmaslik uchun ko‘rilgan chora hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma hali imzolanmagan, ammo barcha taraflar kelishuvni imzolash niyatida. 18 yoshli futbolchi hozirda Adidas, Beats, Powerade, Oppo, Konami va Nesquik kabi yirik brendlarning yuzi hisoblanadi.



Fikrlar