
Yamal Messi, Maradona va Ronaldino haqida gapirdi
"Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal Kataloniya klubida meros qoldirmoqchi ekanini ma’lum qildi. Futbolchi yangi mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ninchi raqam ostida harakat qiladi.
- Messi, Maradona va Ronaldino kabi meros qoldirmoqchiman.Ular "Barsa" tarixidagi uch afsonaviy futbolchi. Har bir bola ularga taqlid qiladi. Ularning "Barselona"ga berganlari uchun minnatdorman," - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi AS.
Laminning Kataloniya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. O‘tgan mavsumda Yamal "ko‘k-anorranglilar" safida 55 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 25 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar