Yamal "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytadimi?
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal yaqinda son qismidagi noqulaylik sababli Ispaniya terma jamoasi tarkibidan chiqarilgandi. Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham futbolchining "Real"ga qarshi bahsda ishtirok etish-etmasligi noma’lumligini aytgan edi.
Biroq "Marca" nashrining xabar berishicha, Yamal tezroq safga qaytish maqsadida faol tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Klubda uning 18 oktyabr kuni "Jirona"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilayotgani aytilmoqda, ammo u to‘liq 90 daqiqa o‘ynashi ehtimolsiz.
Agar tiklanish jarayonida qiyinchiliklar bo‘lmasa, Lamin Yamal 21 oktyabr kuni "Olimpiakos" va 26 oktyabr kuni "Real"ga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta oladi.



Fikrlar